Vieyra Italiya TJning Evro-2020'dagi imkoniyatlarini baholadi

Eldor Akmurzayev
17 iyun 2021, 20:05
Fransiyalik sobiq futbolchi Patrik Vieyra Italiya termasini Evro-2020 g'olibligi uchun davogarligiga shubha qilmoqda.

“O'ylashimcha, italiyaliklarning dastlabki ikki uchrashuvi qiyinchliksiz o'tdi. Albatta, maydonda raqib ustidan g'alaba qozonishing kerak, ammo hali ham bu jamoaning oxirigacha borishiga shubha qilaman.

Menimcha, italiyaliklar etarlicha intensiv, kuchli va tez o'ynay olishmaydi, hujumlari ham keskin emas. Italiyani musobaqa g'olibligi uchun davogar sifatida sanashga hali erta”, deydi Vieyra.

Eslatib o'tamiz, Roberto Manchini shogirdlari dastlabki 2 turda yirik g'alabalarga erishib, birinchi bo'lib pley-off bosqichiga yo'l oldi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ITV Football