Viera: "Hozir APLda futbolchilar ko'proq tashqi ko'rinishi haqida o'ylashmoqda"

Aslanov Jasurbek
19 noya 2016, 15:49
"Arsenal" va "Manchester Siti" sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Nyu-York Siti"da bosh murabbiy sifatida ishlayotgan Patrik Viera Premer-ligadagi futbolchilar ko'proq nimaga e'tibor berayotganini aytdi.

"Ingliz Premer-ligasida hozir jismonan baquvvat yarim himoyachilar ko'p emas? Ayni damda ular ko'proq ko'rinishi haqida o'ylashyapti. Uchrashuvlarni tomosha qilayotganimda hafsalam pir bo'ldi. Vaqt o'tishi bilan hammasi o'zgardi. APLda yaxshi futbolchilar bor, balki bizning davrdagidan kuchliroqdir, ammo ular o'zining tashqi ko'rinishiga ko'p e'tibor berib yuboryapti" - deydi Viera.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail