"Vest Xem" Rid uchun 20 million funt so'ramoqda

Narzulla Saydullayev
12 dek 2014
"Vest Xem" ustozi Sem Ellardays himoyachi Uinston Ridni boshqa klubga 20 million funt evaziga sotishga rozi.
Jamoaning yetakchi himoyachilaridan biri bo'lgan Ridning amaldagi shartnomasi yozda tugaydi. Yangi Zelandiyalik futbolchi kelishuvni uzaytirmoqchi.

Ushbu vaziyatdan APLning top-klublari foydalanib qolishmoqchi. "Vest Xem" Uinstonning transfer narxini 20 million funt qilib belgiladi.

"U hech qaerga kyetmaydi. Faqat qaysidir klub 20 million funt bersa ketishi mumkin".

"Agar kimdir uning shartnomasi tugamoqda shu bois arzonga sotib olamiz deb o'ylasa, undan ko'ra Ridni yozgacha saqlab qolamiz", - deydi Ellardays Sky Sports nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru