

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.
Angliya klubi bitimni yakunlashga yaqin. "Bolg'a urarlar"ning vakillari kecha 25 yoshli nemis bilan uchrashishdi va shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishdi.
Kerer o'tgan mavsum PSJ tarkibida 34ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
Transfermarkt futbolchini 22 million evroga baholamoqda.



