"Vest Xem" Moyesning kelajagi borasida bir qarorga keldi

Mirjalol Normatov
29 dek 2023
"Vest Xem"dagilar bosh murabbiy Devid Moyesni saqlab qolmoqchi.

Klub rasmiylaridan biri bu borada ma'lumot berib o'tdi.

"Muzokaralarga tayyorlanyapmiz. Barchasi yaxshi tarzda amalga oshsa, juda xursand bo'lamiz. Buni amalga oshiramiz. Bu borada umuman muammo ko'rmayapman", - dedi klub rasmiysi.

Moyesning klub bilan shartnomasi mavsum yakunigacha amal qiladi. Ushbu mavsumda "bolg'achilar" uning qo'l ostida APL turnir jadvalida 6-o'rinni egallab turgan bo'lsa, Yevropa ligasi guruh bosqichida peshqadam sifatida pley-offga yo'llanma oldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal