"Vest Xem" Diopni 45 mln funtga sotishga tayyor

Alisher
17 avg 2020
"Vest Xem" himoyachi Issa Diop bilan xayrlashishga tayyor.

London klubi 23 yoshli fransiyalik futbolchining sotuvidan 45 million funt miqdorida mablag'ga ega bo'lmoqchi.

Xabarlarga ko'ra, Diopni APLning ikki klubi xarid qilmoqchi, uning "Vest Xem"dagi maoshi haftasiga 50 ming funtni tashkil etadi.

Bundan bir yil oldin o'yinchiga "Manchester Yunayted", dekabrda esa "Tottenxem" qiziqish bildirgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports