Vesko Steshevich: "Shu tarkib bilan mavsum oxirigacha ligada jon saqlash uchun kurashamiz"

Aslanov Jasurbek
29 iyul 2023
"Metallurg" ustozi Vesko Steshevich "Neftchi"ga qarshi bo'lib o'tgan bahsdan (0:1) so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Vesko Steshevich: "Neftchi"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak, bunday jamoalarga mag'lub bo'lish uyat emas, ammo durangga erishmoqchi edik. "Neftchi" gol urganidan so'ng bahs taqdirini o'zgartira olmadik".

- Qayd etilgan hisob o'yinga mosmi?

- Obektiv qaraydigan bo'lsak, ha, hisob o'yinga mos bo'ldi deb o'ylayman. Birinchi bo'limda Abdumannonov gol urishga yaqin keldi, ikkinchi taymda ham vaziyat bo'ladi deb o'ylagandik, biroz omadimiz kelmadi.

- Zabixillo O'rinboev ko'proq orqaroqdan hujumga qo'shildi, Bektemir Abdumannonov esa asosiy hujumchidek ko'rindi. Bu sizni ko'rsatmangizmi?

- Ha. O'rinboev chiziqlar orasida o'ynadi va to'pni qabul qilish uchun orqaroqqa qaytdi. Abdumannonov va Nematojonov yuqoriroqda o'ynashlari kerak edi.

- Transfer oynasi yopilishiga yana 2 kun bor. Klub yana yangi futbolchilar olib kelishni reja qilyaptimi?

- "Metallurg" transfer ishlarini yakuniga etkazdi. Shu tarkib bilan mavsum oxirigacha ligada jon saqlash uchun kurashamiz.

- Jamoada ikki eronlik paydo bo'ldi. Ularni qachon maydonga tushirmoqchisiz?

- Shunday, biroq ularning biri betob bo'lib, bir hafta maydonga tusha olmadi, ikkinchisi yaqindagina jamoaga qo'shildi. Kelasi bahslarda ular xizmatidan foydalanishga umid qilamiz.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia