Vesko Steshevich: "Futbolchilarni mahalliy va legioner futbolchilarga ajratishni xohlamayman"

Aslanov Jasurbek
20 may 2023
"Surxon" hamda "Metallurg" o'rtasidagi Superliganing 11-tur o'yinidan (1:0) so'ng mehmon jamoa ustozi Vesko Steshevich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Vesko Steshevich: "Mana bir necha o'yindirki o'yinni yaxshi boshlayapmiz, ammo negadir kimdandir qo'rib, xatolarga yo'l qo'yyapmiz va bu xatolar gollarga olib kelyapti. Bugun yigitlarga nima bo'lganini tushunmadim. Ammo bu xatolar takrorlanyapti. Goldan keyin vaziyatni o'nglashga harakat qildik, biroq hakam futbolchimizni o'yindan chetlatdi. U erda vaziyat kartochkaga tortadimi, yo'qmi, bilmayman. Ikkinchi bo'limda yigitlar jang qilishdi, bir nechta vaziyatlar yaratishdi, lekin gol urolmadik.

- Jamoa so'nggi bir nechta o'yinda bir qolipga tushib qolgandek va shu holatdan chiqib keta olmayapti.

- Unday emas, "Nasaf" bilan o'yinda ham yaxshi harakat qila oldik. Biz faqat xatolarni takrorlayapmiz. Raqiblar esa bundan foydalanib qolishyapti va biz ochko yo'qotyapmiz.

- Legionerlar munosib o'yin ko'rsatishyapti deb o'ylaysizmi? Masalan, Obradovich.

- Obradovich bugun yaxshi harakat qildi, gol urishga yaqin keldi. Futbolchilarni mahalliy va legioner futbolchilarga ajratishni xohlamayman, chunki bir jamoamiz.

- "Metallurg" teng raqiblar bilan o'yinda ochko yo'qotyapti. Jamoaga nima etishmayapti?

- Bu savolga javob berdim deb o'ylayman. Xatolar tufayli mag'lub bo'lyapmiz.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia