Verratti PSJ bilan kelishuvni uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
29 dek 2022
PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti Fransiya klubi bilan shartnomasini 2026 yilgacha cho'zdi.

Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.

Verratti 2012 yilda "Peskara"dan PSJga o'tgan edi. Parijdagi o'n mavsum davomida 398 ta o'yinda qatnashib, 11 ta gol urdi va 48 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

30 yoshli Marko Verrattining PSJ bilan avvalgi shartnomasi 2024 yilning iyunida yakuniga etardi. Fransiya chempionatining 15 o'yinida jamoa 41 ochko jamg'arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Avvalroq parijliklar sport direktori Luish Kampush yana bir qancha futbolchilar – Serxio Ramos, Lionel Messi, Markinos va Presnel Kimpembe bilan bitimni uzaytirish borasida muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: psg.fr