Verner "Leyptsig"ga o'tishni istamoqda, Tuxel esa bunga qarshi

Оқил Абдубарноев
27 iyul 2022, 19:44
"RB Leyptsig" "Chelsi"dan Timo Vernerni olib kelishga tayyor.

Nemis klubi 26 yoshli hujumchining transferi ustida ish boshlagan, biroq "ko'klar" bosh murabbiyi Tomas Tuxel bunga qarshi chiqmoqda.

Avvalroq Tuxel hujumchini yoqtirmasligi, ularning munosabatlari keskinlashgani xabar qilingandi.

Vernerning o'zi "Leyptsig"ga qaytishni xohlamoqda. Biroq klub buning uchun bir nechta futbolchini sotishi kerak.

Eslatib o'tamiz, Timo o'tgan mavsum Premer-ligada 21 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Kicker