Vengriya 1972 yildan buyon ilk bor EVROga chiqdi

Narzulla Saydullayev
16 noya 2015
Vengriya terma jamoasi pley-off o'yinlarida Norvegiyadan ustun kelib Evro-2016ga yo'llanma oldi.

Vengriya Fransiyada bo'lib o'tadigan musobaqaning 21-ishtirokchisiga aylandi. Jamoa 44 yillik tanaffusdan so'ng Yevropa chempionatida qatnashadi. Vengerlar Evro-1972da yarim finalga qadar yetib borishgandi.

1986 yilgi Jahon chempionati jamoa uchun so'nggi katta xalqaro musobaqada bo'lib turgan edi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJose