"Venger qonuni", sekundomer, murabbiylik chellenji - FIFA va IFAB yangi qoidalarni joriy etdi

Sherzod Nurmatov
7 apr 2025
Ular 2025 yilning iyulidan kuchga kiradi.

- Ofsaydning yangi qoidalari haqida "Venger qonuni". Hujumchi butun tanasi bilan raqibidan oldinda turgan holatlardagina ofsayd qayd etiladi.

- Hakam va tomoshabinlar o'rtasidagi aloqa. Hakam stadiondagi muxlislarga asosiy qarorlarini mikrofon orqali e'lon qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.

- Murabbiylik chellenjini joriy etish. Xokkey va basketbolda bo'lgani kabi, murabbiylar hakamlarning qarorlariga etiroz bildirish uchun videotakrorlarni so'rash huquqiga ega bo'ladi.

- O'yin to'xtatilganda sekundomerni to'xtatish. Ushbu yangilik xokkey va basketboldagi kabi haqiqiy o'yin vaqtiga e'tibor qaratish imkonini beradi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: IFAB