

Italiya jamoasi yarim finalning javob o'yinida 4:3 hisobida g'alaba qozonib, Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi (birinchi o'yin – 3:3). Birinchi taymning so'nggi daqiqalarida hakam Shimon Marchinyak Pau Kubarsining Lautaro Martinesga qarshi "podkati" uchun milanliklar foydasiga 11 metrlik jarima to'pini belgiladi.
"Men bunday penaltilarga mutlaqo qarshiman va sekinlashtirilgan kadrlardan foydalanishga ham qarshiman.
Oddiy tezlikda bu ajoyib "podkat", u [Kubarsi] to'pga birinchi bo'lib yetib keldi. Nima uchun u [Lautaroga] tegdi? Lautaroning nima qilganini ko'ring. U penalti ishlashga urinidi, chunki u gol ura olmasligini tushundi va yonida himoyachi borligini his qildi.
Hakam bu vaziyatda noto'g'ri qaror qabul qildi. U [Kubarsi] to'pga birinchi bo'lib yetib keldi, men uchun eng muhimi shu. Qolganini Lautaro qildi. Kontakt bor-yo'qligi muhim emas, muhimi – kim to'pga birinchi yetib kelgani", – dedi "Arsenal"ning sobiq bosh murabbiyi beIN SPORTS efirida.



