Venger: "Arsenal"ning top-4ga kirmaslgi Aleksis va Ozilning kelajagiga ta’sir qilmaydi"

Aslanov Jasurbek
19 may 2017
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Vengerning so'zlariga ko'ra, agar jamoa joriy mavsum yakunlariga ko'ra APLda kuchli to'rtlikka kira olmasa yarim himoyachi Mesut Ozil va hujumchi Aleksis Sanches klubda qoladi.

"Bu ikki futbolchi har uchrashuvda bor kuchini ishga soladi. Kuchli to'rtlikka kirmaslik ularning kelajagiga ta’sir qilmaydi. Birinchi navbatda ularda shartnoma borligini tushunish kerak. Ularning harakatlariga e'tibor qaratsak, yigitlar jamoada qolishmoqchi" - deydi Venger.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com