Venger "Arsenal" futbolchisi "Valensiya"ga o'tishini tasdiqladi

Aslanov Jasurbek
11 yanv 2018
"Arsenal" yarim himoyachisi Fransis Koklen tez orada "Valensiya"ga o'tadi.

Bu haqda ko'plab OAV e'lon qildi, endi esa bu ma'lumotni londonliklar ustozi Arsen Venger tasdiqladi.

"U "Valensiya"ga ketmoqda. Koklen joriy mavsum etarli darajada maydonga tushmadi, Fransisda ketish imkoniyati paydo bo'ldi va men unga yashil chiroq berdim" - deydi Venger.

Oldinroq, "Valensiya" "Arsenal"ga 26 yoshli futbolchi uchun 13,5 mln. evro to'lashi, Koklen esa 4,5 yillik shartnoma imzolashi e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC