Venger: "Arsenal" YCHL g'olibligi uchun kurashishga tayyor"

Aslanov Jasurbek
23 noya 2016
Arsenal bosh murabbiyi Arsen Vengerning fikricha, "kanonirlar" ushbu mavsumda YCHL g'olibligi uchun kurasha oladilar.

"Biz Chempionlar ligasi g'olibligi uchun kurasha olamiz. Bu APL klublari qo'lidan keladi deb o'ylayman. "Manchester Siti" "Barsa"ni qay tarzda mag'lub etganini ko'rdik. Bizda PSJni yutish imkoniyati bor.

Shanba kuni Madrid derbisini ko'rdim va "Real"ning ayni paytda eng xavfli jamoa ekanligini yana bir marotaba ko'rdim.

APLdan ko'ra YCHLni yutish muhimroqmi? Men tanlamagan bo'lardim. Premer-Liga ham men uchun juda muhim turnir, ishoning. Keling, oldin guruh bosqichini birinchi o'rinda yakunlaylik. O'shanda bizda 1/8 final javob o'yinini o'z maydonimizda o'tkazish imkoniyati paydo bo'ladi. Umid qilamanki, u vaqtga borib bizda jarohatlar bo'lmaydi", - deydi fransiyalik murabbiy.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph