Vau! APLda YCHLni yutgan futbolchilar qaysi klubda ko'proq ekanligini bilasizmi? + FOTO

Tolibjon Qosimov
16 avg 2017
Biroz avval Angliyaning "Stok Siti" klubi PSJdan Xeseni ijaraga oldi.

Shu tariqa, "Stok Siti" ayni paytda APL klublari orasida YCHL bosh sovrinini boshi uzra baland ko'targan eng ko'p futbolchiga ega jamoaga aylandi. Mark Xyuz jamoasida Darren Fletcher ("Manchester Yunayted" tarkibida), Ibrohim Afellay va Boyan Krkich ("Barselona" tarkibida), Jerdan Shakiri ("Bavariya" tarkibida) va Xese Rodriges ("Real" tarkibida)lar Chempionlar ligasida g'olib chiqishgan. Lekin, yuqoridagi besh o'yinchining barchasi birgalikda finalda bor yo'g'i 1 daqiqa o'ynashgan holos.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/brfootball