Vardi Saudiya Arabistoni jamoasi taklifini rad etdi

Sherzod Nurmatov
29 iyun 2023
"Lester" hujumchisi Jeymi Vardi Saudiya Arabistonining "Al Halij" klubi taklifini rad etdi.

Manbaga ko'ra, Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tish futbolchi va uning oilasiga to'g'ri kelmaydi.

36 yoshli hujumchining "tulkilar" bilan amaldagi shartnomasi tugashiga 1 yil qoldi. 

Futbolchi hali "Lester"ning yangi bosh murabbiyi Enco Mareska bilan ko'rishishi va kelajagini muhokama qilib olishi kerak.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports