Vardi: "Lester" futbolchilari "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda bor kuchini ishga soladi"

Aslanov Jasurbek
5 avg 2016
"Lester Siti" hujumchisi Jeymi Vardi 7 avgust kuni "Uembli" stadionida bo'lib o'tadigan "Manchester Yunayted"ga qarshi Angliya Superkubogi uchun bo'ladigan bahs haqida fikr bildirdi.

"Angliya Superkubogida g'alaba qozonsak yaxshi ish bo'lardi. Shunda g'oliblik ruhini saqlab qola olamiz. Agar uni yo'qotsak, pasga sho'ng'ishimizni yaxshi bilamiz. Yakshanba kuni g'alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz va bu muvaffaqiyat uchun etarli bo'ladi deb umid qilamiz. Maydonga tushib, avval bajargan ishimizni takrorlaymiz. Biz orzu qilmasdan, shunchaki o'sishda davom etishga harakat qilamiz" - deydi Vardi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com