VAR eng ko'p golini bekor qilgan La Liga klublari ma'lum bo'ldi

Оқил Абдубарноев
27 fev 2024
Yetakchi jamoalar texnologiya jabrdiydasi bo'lgan.

Ispan matbuotining xabar berishicha, VAR texnologiyasi joriy etilganidan beri hakamlar "Real Madrid"ning 27 ta golini inobatga olmagan.

2-o'rinni “Sevilya” (16), 3 va 4-o'rinlarni “Atletiko” va “Valensiya” (har birining 14 goli bekor qilingan) egalladi.

Keyingi o'rinlarni "Real Sosedad" (13) va "Selta" (12) egallab turibdi. "Barselona" 7-10-o'rinlarni "Valyadolid", "Espanol" va "Vilyarreal" (har birining 11 goli hisoblanmagan) bilan bo'lishib turibdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca