Van Nistelroy: "Gakponi saqlab qolishni xohlaymiz"

Alisher
23 avg 2022, 18:24
PSV bosh murabbiyi Rud van Nistelroy hujumchi Kodi Gakponing "Manchester Yunayted"ga ehtimoliy transferi haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, niderlandiyalik MYUga manchesterliklar "Ayaks"dan Antonini xarid qila olmagan taqdirda o'tishi mumkin.

"So'nggi paytlarda juda ko'p mish-mishlar yuribdi, ammo bizning poziciyamiz ayon – Gakponi saqlab qolmoqchimiz. Uning mashg'ulotlarga bo'lgan munosabati bir tomchi ham o'zgarmagan. Bu yosh o'yinchi uchun juda yaxshi", – dedi van Nistelroy.

Eslatib o'tmaiz, van Nistelroyning o'zi futbolchilik davrida "Manchester Yunayted"da o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: psv.nl