Van Gal Yaponiya va Kolumbiyaga qarshi o'yinlar uchun 24 nafar futbolchini chaqirdi

Narzulla Saydullayev
31 okt 2013
Lui van Gal boshchiligidagi Gollandiya milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi Yaponiya va Kolumbiyaga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinlarda maydonga tushishi mumkin bo'lgan futbolchilar nomini e'lon qilishdi, deb xabar bermoqda "Reuters".
Yaponiyaga qarshi o'yin 16 noyabr kuni bo'lib o'tsa, Kolumbiyaga qarshi bahs 19 noyabrda bo'lib o'tadi.

To'liq ro'yxat bilan tanishib oling:
Darvozabonlar:
Sillessen ("Ayaks"), Vorm ("Suonsi", Angliya);

Himoyachilar: Blind ("Ayaks"), Bruma (PSV), de Vrey, Martins Indi, Yanmat (barchasi– "Feyenoord"), van der Vil ("PSJ", Fransiya), Verxaeg
("Augsburg", Germaniya), Flar ("Aston Villa", Angliya), Villems (PSV);

Yarim himoyachilar: Klasi ("Feyenoord"), de Guzman ("Suonsi", Angliya), L. de Yong ("Milan", Italiya), Fer ("Norvich", Angliya), Sxars (PSV), Snayder ("Galatasaray", Turkiya), Strotman ("Roma", Italiya), van der Vart ("Gamburg", Germaniya);

Hujumchilar: Depay (PSV), Kuyt ("Fenerbaxche", Turkiya), Lens ("Dinamo" K, Ukraina), Robben ("Bavariya", Germaniya), van Persi ("Manchester Yunayted", Angliya).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net