Van Gal: "Shvaynshtayger "San-Xose" bilan yomon o'ynadi"

Aslanov Jasurbek
22 iyul 2015, 17:10
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Galning takidlashicha, Bastian Shvaynshtayger "San-Xose"ga qarshi uchrashuvda (3:1) yomon o'yin ko'rsatgan.

"Shvaynshtayger qolgan futbolchilar kabi yomon o'ynadi. Yagona ajralib turgan futbolchi - Pereyra. Futbolchilar hozir yomon o'ynashi odatiy hol, chunki jamoa endigina mashg'ulotlarni boshladi. Oyoqlar faqat 45 daqiqa o'ynashga tayyor. "Amerika"ga qarshi o'yinda Shvaynshtayger yaxshi o'ynagan edi, bugun esa yomon" - deydi van Gal.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com