

Lekin bu mutaxassis bosh murabbiy sifatida emas, maslahatchi lavozimida ish boshlashishi mumkin. Ayni paytda Gollandiya Qirollik futbol ittifoqi yangi bosh murabbiy izlash bilan band.

Nomzodlar orasida Ronald Kuman ham bor. Aynan shu mutaxassis bosh murabbiylikka asosiy davogar bo'lib turibdi. Lui van Gal esa 2000 yildan 2002 yilgacha, shuningdek, 2012 yildan 2014 yilgacha Gollandiya terma jamoasiga ustozlik qilgan.



