Van Deyk: “Liverpul” chempionlikni bo'sh tribunalarda nishonlashi meni tushkunlikka tushiradi”

Eldor Akmurzayev
15 mar 2020
“Livepul” himoyachisi Virjil van Deyk koronavirus pandemiyasi tufayli Premer-liga bahslari to'xtatilganiga munosabat bildirdi.

“Muxlislarsiz hech kim o'ynashni xohlamaydi. Agarda biz chempionlikni tomoshabinlarsiz stadionda qo'lga kiritsak, men tushkunlikka tushib qolaman. “Enfild”da muxlislarning bo'lmasligi, bu qattiq zarba.

Hozircha aniq bir qaror qabul qilinmaguncha, bunga ko'nishingiz kerak bo'ladi. Chempionat davom ettirilsa, albatta titulni muxlislarimizga sovg'a qilamiz”, deydi gollandiyalik.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC