"Valyadolid" va "Rayo Valekano" o'z futbolchilarini Kataloniya terma jamoasiga qo'yib yuborishmadi

Aslanov Jasurbek
20 mar 2019
Venesuelaga qarshi o'rtoqlik o'yini uchun Kataloniya terma jamoasiga chaqirilgan "Rayo Valekano" va "Valyadolid" futbolchilari o'z klublari tasarrufida qolishadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ikkala klub ham o'z futbolchilarini o'rtoqlik uchrashuviga qo'yib yubormadi, chunki ular ayni damda LaLigada jon saqlab qolish uchun kurashishmoqda. "Rayo" va "Valyadolid" rahbarlarining fikricha, futbolchilar o'z jamoalariga chempionatda yordam berish uchun o'zini ortiqcha qiynamasliklari lozim.

Eslatib o'tamiz, Kataloniya terma jamoasiga "Valyadolid"dan darvozabon Jordi Masip va Ruben Alkaras chaqirilgan. "Rayo"dan esa posbon Alberto Garsiya, himoyachi Aleks Moreno va xavbek Aleysh Garsiya Kataloniya terma jamoasiga taklif qilingan.

Kataloniya - Venesuela uchrashuvi 25 mart kuni Jironada bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca