Valverde: "Agar Messi "Atletiko"da o'ynaganida, nima bo'lishini tasavvur qilishni istamayman"

Aslanov Jasurbek
5 mar 2018
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Atletiko"ga qarshi bo'lib o'tgan LaLiganing 27-tur uchrashuvi (1:0) haqida fikr bildirdi.

Uchrashuvdagi yagona golni Lionel Messi urdi.

"Dunyoda Messiga teng keladigani yo'q. U "Atletiko"da o'ynaganida nima bo'lishi mumkinligini bilmayman. Buni xatto tasavvur qilishni ham istamayman.

Raqib bugun golga tortadigan vaziyat yaratmadi. Uchrashuv juda qiyin o'tdi. Biz g'alabadan va 3 ochkodan xursandmiz. Biroq bu hali yakun emas. Oldinda ko'plab o'yinlar kutib turibdi" - deydi Valverde.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca