Valijon Rahimov: Katanets birinchi navbatda tartib-intizom bo'lishi kerakligini talab qilmoqda

Narzulla Saydullayev
9 okt 2021
Ayni paytda O'zbekiston milliy jamoasi safida Iorlaniyada o'tayotgan yig'inda qatnashayotgan iqtidorli darvozabon Valijon Rahimov bilan uyushtirilgan suhbatni e'tiboringizga taqdim qilamiz.

- Valijon, Iordaniyada o'tayotgan yig'in taassurotlari qanday?
- Katanets boshqaruvidagi ikkinchi yig'in ko'tarinki ruhda o'tmoqda. Iordaniyada o'tayotgan yig'inda murabbiylar asosan terma jamoaning o'yin uslubi qanday bo'lishini tushuntirishga harakat qilib nazariy va amaliy mashg'ulotlar o'tishmoqda.

- Katanets ko'proq nimalarga e'tibor qaratmoqda?

- Katanets birinchi navbatda maydonda ham va uning tashqarisida ham tartib-intizom bo'lishi kerakligini talab qilmoqda. O'rtoqlik o'yinlariga jiddiy qarab, milliy jamoada har bir bahsga oxirgi o'yinga tushgandek harakat qilishni talab qilmoqda. Mashg'ulotlarda barcha futbolchilar a'lo kayfiyatda chin dildin shug'ullanishmoqda.

- Xonadoshingiz kim?

- Eldorbek Suyunov.

- Mashg'ulotlardan bo'sh vaqtni qanday o'tkazyapsiz?

- Ochig'i, deyarli bo'sh vaqt yo'q. Ertalab nazariy mashg'ulot bo'lsa, tushdan so'ng amaliy mashg'ulotga ketamiz. Mashg'ulotdan qaytgach esa tiklanish jarayonlari bilan band bo'lamiz.




- Valijon Rahimov talqini bo'yicha ayni paytda eng kuchli 3 nafar darvozabonlar kimlar?

- Fikrimcha, Noyer, Alisson va Oblak.

- Muxlislarni qiziqtiradigan savol: Valijon qaysi jamoaga muxlislik qiladi?

- Yoshligimdan Real jamoasiga muxlisman. Otam esa Barselona muxlisi. Bu ikki jamoa to'qnash kelganda bizning xonadonda ham Ispaniyada qolishmagan holda El klasiko muhiti ruy beradi.

- AGMK jamoasidagi eng quvnoq futbolchi kim?

- Mirg'iyos Sulaymonov va Sanjar Shoahmedov.

- Bo'lajak o'yinlarda omad va sizning milliy terma jamoa safidagi debyutingizni kutib qolamiz. Muhimi, jarohatlarsiz AGMK jamoasi ixtiyoriga salomat holda qaytishnigizni tilab qolamiz.

- Shu fursatdan foydalanib AGMK jamoasi ahil oilasiga salom yo'llab qolaman.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати