Valexo va Markos Lorente mavsum yakunlangandan so'ng "Real"ga qaytishadi

Aslanov Jasurbek
31 yanv 2017
"Real" rahbariyati va murabbiylar shtabi ijara asosida boshqa klublarda to'p tepayotgan ikki o'z futbolchilarini qaytarishga qaror qilishdi.

Gap "Ayntraxt" sharafini himoya qilayotgan Xesus Valexo va "Alaves"da to'p tepayotgan Markos Lorente haqida ketmoqda. Ikkala futbolchining ijarasi 2017 yilning yozida yakuniga etadi.

Taxminlarga ko'ra, Valexo jamoada "Qirollik klubi" bilan shartnomasi yakuniga etayotgan himoyachi Pepe o'rnini egallaydi. Zinedin Zidan Lorentedan tayanch yarim himoyachi sifatida foydalanmoqchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS