Valeriy Karpin: Shomurodov himoyada bundan ham yaxshi o'ynashini kutgandim

Narzulla Saydullayev
11 noya 2018, 08:32
Rostov bosh murabbiyi Dinamoga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

- Bugun Rostov raqib himoyasini sindira olmagan oldingi uy o'yinlariga o'xshab ketdi. Bunga qo'shilasizmi?
- Ha. O'xshadi. Kuchli himoyani yorib o'tish qiyin bo'lmoqda. Barcha kabi bizda ham shunday muammo bor. Jamoam himoyada nima qilishni biladi, ammo hujum borasida ishlashimiz lozim.

- Kalachev va Zuev o'ynamadi. Nimaga?

- Sababi boshqa futbolchilar bor.

- Sigurdsson bugun maydonga tushmadi.
- Unda kichik jarohat bor. Sog'ligi bilan tavakkal qilishni xohlamadik.

- Shomurodov qanot himoyasida o'ynadi. Uning o'yinidan qoniqdingizmi?
- 100 foiz emas. Hujumkorroq o'ynamoqchi edik. Eldor bu joyda oldin to'p tepgan. Bundan ham yaxshiroq o'ynashiga umid qilgandik.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-rostov.ru