“Valensiya” Otamendi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi

6 fev 2014, 10:26
“Valensiya” klubi “Portu” himoyachisi Nikolas Otamendini sotib olganini e'lon qildi.

O'yinchining “ko'rshapalaklar” bilan tuzgan shartnomasi besh yilga mo'ljallangan va 2014 yilning 1-iyulidan kuchga kiradi.

“Valensiya” 25 yoshli argentinalik futbolchining transferi uchun 12 million evro bergan. Bundan tashqari “Portu” bonus sifatida yana 3 million evro ishlab olishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, pasporti bilan bog'liq muammo tufayli Otamendi yanvarda “Valensiya”ga o'ta olmagandi.


Manba: sports.ru