Valensiya: "Mourinyoning barcha qarorlarini hurmat qilaman"

Mirjalol Normatov
16 noya 2018, 20:40
"Manchester Yunayted" sardori Antonio Valensiya asosiy tarkibda ko'rinish bermayotgani borasidagi fikrlarini bildirdi.

So'nggi bora Valensiya "Valensiya"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushgandi.

"Hozirda ko'p ham o'ynamayapman. Bu ko'proq taktik qarorga bog'liq. Mening poziciyamda Eshli Yang yaxshiroq ko'rinmoqda. Murabbiyning qarorini hurmat qilish kerak.

Joze Mourinyo talab qilgandek ishlashim va o'yinlarga tayyor bo'lishim kerak. Yaxshi holatga kirishim uchun uning aytganini bajarishim kerak.

Hotirjamman va hali maydonga tushishimni tushunib turibman. Mourinyo bilan har doim munosabatlarimiz yaxshi bo'lgan", - dedi Valensiya.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports