Valdes “Barselona”dan kyetishi mumkin

Viktorning klubdagi kelajagi so'roq ostida.

“Barselona” (U-19) jamoasi bosh murabbiyi Viktor Valdes o'z lavozimini tark etishi mumkin. 37 yoshli mutaxassis chempionat doirasida “Tarragona” klubiga qarshi bahsga jamoa bilan birga bormaydigan bo'lgan. U kelasi hafta klub rahbariyati bilan uchrashib, kelajagini muhokama qiladi. Valdes joriy yilning iyulida klub kanterasiga bosh murabbiy bo'lgandi.

Avvalroq murabbiy jamoasining Yoxan Kroyff nomidagi yangi stadionda o'ynay olmasligidan noroziligini bildirgandi.


Manba: As.com