Vagner Lav: "Yurak va qalbim SSKAda qoladi!"

Braziliyalik hujumchi Vagner Lav SSKAni Xitoyning "Shandun Lunen" klubiga almashtirganini izohlab berdi.

"- Jamoani tark etsh haqidagi qarorni qabul qilish men uchun oson bo'lgani yo'q. Albatta, men sheriklarim bilan yana Chempionlar Ligasida o'ynashni, Rossiya chempionatida yana bir bor g'oliblikni qo'loga kiritishni istagandim. Klub ham men qolishim uchun harakat qilishdi. Lekin shuni ham unutish kerak emaski, mening faoliyatim ham yakuniga yetib qoldi. Endi oilam, ertangi kunimni o'ylashim kerak.

Balki qaysidir manoda o'zimni qurbon qilayotgandirman. Biroq "Shandun Lunen"dan bo'lgan taklifni rad etib bo'lmasdi. Bunday taklif hayotimda boshqa bo'lmasligi mumkin. Shuning uchun rozi bo'lishga qaror qildim. Undan tashqari bu transfer mening jonajon klubim bo'lmish SSKA uchun ham ancha foydali. Men bu klubga faqatgina minnatdorchilik bildira olaman holos.

Mening yuragi va qalbim doim SSKA bilan!", - dedi Vagner. 


Manba: soccer.ru