Vadim Abramov: "Bunyodkor" va "Paxtakor"ni mag'lub etib ham birinchi o'ringa chiqmadik"

Narzulla Saydullayev
2 iyul 2015
"Lokomotiv" - "Navbahor" (5:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Vadim Abramov qatnashdi

"Navbahor" bilan uch marta o'ynadik, yaxshiki barchasida g'olib chiqdik. Endi "Metallurg" bilan uch marta ketma-ket o'ynaymiz. Chorak finalda ikki bor va ikkinchi davrani aynan shu jamoaga qarshi bahs bilan boshlaymiz", - deydi Abramov.

"Bugun yirikroq hisobda yutishimiz ham mumkin edi. Ushbu g'alabani unutib "Metallurg" klubiga qarshi tayyorgarlikni boshlaymiz".

"Ruslan Koryan va Damir Koyashevichga javob berdik. Sababi OCHLni tark etdik, ularni ushlab turishdan mano yo'q edi. Undan ko'ra mahalliy futbolchilarni tayyorlab terma jamoaga foyda keltirishni o'ylaymiz".

"Birinchi davra yakunlandi, "Bunyodkor" va "Paxtakor"ni mag'lub etib birinchi o'rinda bo'lmaslik juda alamli. Ikkinchi davrada vaziyatni o'zgartirishga urinib ko'ramiz".


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia