Turkiyada bo'lib o'tgan 2013 yilgi jahon chempionati bahslari Osiyo qitasi vakillari uchun ayniqsa muvaffaqiyatli kechdi. Jumladan, JCH-2013da ishtirok etgan to'rt Osiyo jamoasidan uchtasi chorak final bosqichiga yetib keldi. O'z navbatida, Turkiyadagi kichik mundialda Iroq yoshlar terma jamoasi yarim final bosqichiga yo'llanma olib, jahonning eng kuchli to'rt jamoasi qatoriga kira olishdi.
Jahonning eng kuchli to'rt terma jamoasi qatoriga kirish haqiqatan ham katta muvaffaqiyatdir va bu Siz va Sizning qo'l ostingizdagi tashkilot mamlakat bolalar-o'smirlar futbolini rivojlantirishda to'g'ri yo'nalishda mashaqqatli mehnat qilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi, - deyiladi O'FF Prezidenti Mirabror Usmonovning tabrik maktubida.
O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Mirabror Usmonov Iroq futbol uyushmasi prezidenti Naja al-Obaydiyni JCH-2013dagi muvaffaqiyatli ishtirok bilan tabrikladi hamda bunday zafarlar Osiyo va jahon maydondagi davomli bo'lishiga tilakdoshligini bildirdi.