

Bafetimbi Gomis mavsum boshida klub rahbariyati bilan janjallashib qoldi va yozda Lion ni tark etishga yaqin turibdi.
Sim De Yong “Ayaks”da ajoyib o'yin ko'rsatmoqda, uni jamoada olib qolish qiyinligini xatto jamoa murabbiyi Frank de Bur ham aytib o'tdi.
Robert Levandovski nafaqat CHL finalida “Bavariya” vakillari bilan uchrashdi, ular xatto polshalik futbolchi kelasi mavsumni “Bavariya”da boshlashi borasida kelishib xam olganlar.
“Manchester Siti” himoyachisi Jolen Leskott raqobatda Demichelisga imkoniyatni boy bermoqda. Shu sababli o'z klubini almashtirish borasida o'ylab yuribdi.
Arsenal” darvozaboni Lukash Fabianski esa zaxira o'rindig'ida o'tiraverib zerikib ketdi.
Viktor Valdes xozircha qaysi jamoa safiga borib qo'shilishi haqida aniq bir qarorga kelgani yo'q.
Myunxengladbaxning Borussiya jamoasi darvozaboni Mark-Andre Stegen “Barselona”ga borib Valdesning o'rnini egallashi ko'zda tutilan.
Valter Samuel xam bu yil Interni tark etadi.
Manchester Yunayted himoyachisi Nemaniya Vidich yoshlarga yo'l berishga qaror qildi (balki, Moyesdan imkon qadar uzoqroq bo'lmoqchi) – u kelgusi mavsumni “Inter” da boshlashga yaqin turibdi.
sports.ru sayti asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi.



