Urugvay bilan oxirgi to'qnashuvda tarkibimizda kimlar o'ynagan?

Iskandarov Abdulaziz
13 okt 2025, 08:40
Bu terma jamoa biz uchun begona hisoblanmaydi.

Ma'lumot uchun, bunga qadar Urugvay bilan 2 bor to'qnash kelgan va ikkisida ham 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edik. Oxirgi marotaba 2019 yil Xitoyda tashkil qilingan "China Cup" turnirida kuch sinashganmiz. O'shanda O'zbekiston terma jamoasini argentinalik Ektor Kuper boshqargan edi. 

Urugvay - O'zbekiston 3:0

Gol: Pereyro 5, Stuani 24, 82.

Bosh hakam: Milorad Majich.

Urugvay: Muslera, Kaseres, Godin (Koates 63), Ximenes, Laksalt (Gonsales 61), Nandes (Rodriges 77), Vesino, Bentankur (Torreyra 70), Lodeyro (Sarachchi 61), Stuani (Gomes 83), Pereyro.

O'zbekiston: Quvvatov, Sayfiev, Ismoilov, Krimec, Hoshimov, Ahmedov, Shukurov, Sidiqov (Aliboev 72), Masharipov, Hamdamov (Mirzaev 65), Shomurodov (Bikmaev 65).

Ogohlantirishlar: Hoshimov 59, Sayfiev 63, Masharipov 79, Ximenes 86.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia