Upamekano top-jamoaga o'tish niyatida

Mirjalol Normatov
23 noya 2020, 17:54
Himoyachi Dayot Upamekano faoliyatini boshqa jamoada davom ettirmoqchi.

"Daily Express" xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchi kelasi yilning yozidayoq "buqalar" safini tark etishni istamoqda. Uning asosiy niyati - top-klubga o'tish.

Oldinroq uning xizmatlariga "Liverpul" hamda Manchester shahrining ikki top-jamoalari qiziqish bildirayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

"Leyptsig" futbolchisini 40 mln evroga baholamoqda. Bu francuzning shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli hisoblanadi.

Upamekanoning shartnomasi 2023 yil yoziga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Express