Upamekano "Bavariya"ni tark etish haqida o'ylamoqda

Sherzod Nurmatov
25 mar 2024
Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Dayo Upamekano kelasi yozda klubini o'zgartirish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Bu haqda "L'Equipe" jurnalistlariga ma'lum bo'ldi. Qayd etilishicha, 25 yoshli Upamekanoga Angliya Premer-ligasi klublari qiziqish bildirmoqda. Fransiyalik aynan o'sha erda paydo bo'lishi mumkin.

Dayo Upamekano 2023/2024 yilgi mavsum "Bavariya" tarkibida 26 ta o'yin o'tkazdi va 1 ta gol urdi. Transfermarkt portali ekspertlari Upamekanoni 60 million evroga baholagan. 

Eslatib o'tamiz, Upamekano "Bavariya"da 2021 yilning yozidan beri o'ynamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe