Upamekano "Bavariya"dagi ilk o'yini haqida gapirdi

Alisher
18 iyul 2021, 09:48
"Bavariya" himoyachisi Dayot Upamekano "Kyoln" (2:3)ga qarshi klubdagi ilk o'yini haqida gapirdi.

"Menda yangi jamoam borasida juda yaxshi his-tuyg'ular bo'ldi va men ilk o'yinimni o'tkazganimdan xursandman.

Natija yaxshi emas. Biz keyingi safar ko'prog'iga erishmoqchimiz", - deydi Upamekano.

Upamekano "Bavariya"ga yozda "Leyptsig"dan o'tgandi. 22 yoshli francuz o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: fcbayern.com