

"Bu erda ekanligimdan xursandman. Men yaxshi texnika, dribling va tezlikka ega bo'lgan jamoaviy futbolchiman. Birinchi navbatda jismoniy tayyorgarligimni kuchaytirishim kerak, bu bilan kichik muammolar bor. Ko'plab Yevropa chempionatlarini kuzataman, shu qatorda A Seriyani ham.
Maqsadim - iloji boricha tezroq "Roma" asosiy tarkibidan joy olish. Raqobatni yaxshi ko'raman va "Roma"ga nimaga qodirligimni isbotlamoqchiman" - deydi Under.
So'nggi mavsum Under Turkiya chempionatining 32 ta uchrashuvida 7 ta gol urdi.



