"Roma" Underni 8,4 mln evroga xarid qilish sharti bilan "Marsel"ga ijaraga berib yubordi

Alisher
5 iyul 2021
"Roma" yarim himoyachisi Jengiz Under faoliyatini "Marsel"da davom ettiradi.

Francuz klubi turkiyalik futbolchining ijarasi uchun bonuslar bilan hisoblaganda 500 ming evrogacha to'laydi.

Bitimda ma'lum shartlar amalga oshirilganidan so'ng o'yinchini 8,4 million evroga xarid qilish huquqi bor.

23 yoshli o'yinchi "Marsel"ga to'laqonli asosda o'tsa, "Roma" Underning keyinchalik sotuvidan 20% ulush oladi.

Under "jallorossi" tarkibida 88ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: asroma.com