Unai Emeri: "O'ylashimcha, Jaka "Vulverxempton" bilan o'yinda ishtirok etmaydi"

"Arsenal" ustozi Unai Emeri jamoa sardori Granit Jaka APL 11-turini o'tkazib yuborishini ma'lum qildi.

"Eng muhim narsa bu - insoniylik. Hamma odamlar kabi Jakaga ham boshidan kechirayotgan muammodan chiqib ketishi uchun vaqt kerak. U barchadan, muxlislardan uzr so'radi. O'ylashimcha, u ertaga o'ynamaydi. Hozir 100 foiz e'tiborni oldindagi uchrashuvga qaratishimiz lozim", – deydi Emeri. 

Shuningdek, ispaniyalik mutaxassis Jakaning jamoa sardorligi masalasi dushanba-seshanba kuni ko'rib chiqilishini aytib o'tdi. 



Manba: skysports.com