"Umid qilamanki, yana 100 marotaba o'ynayman". Grizmann "Barselona"da 100 ta o'yin o'tkazdi

Aziz Tukhtamuradov
19 avg 2021
"Barselona" futbolchisi Antuan Grizmann klubi safida o'yin o'tkazish bo'yicha yuzlik dovondan o'tganiga o'z munosabatini bildirdi.

La Liga doirasida "Real Sosedad"ga qarshi o'yin (4:2) Grizmann uchun "Barsa" safidagi 100-o'yin edi. 

"Umid qilamanki, hali yana 100 ta o'yin o'tkazaman va ushbu klub bilan birga tarix yozishda davom etaman. 

Jamoaga maydonda, uning atrofida, hujum va himoyada yordam berishni istayman. "Barselona"dagi damlardan zavq olishni istayman", - dedi fransiyalik futbolchi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: fcbarcelona.com