Umid Ahmadjonov OK-2019ga qur'a tashlash marosimida qatnashish uchun Dubayga yo'l oldi

Narzulla Saydullayev
2 may 2018
Xabaringiz bor, shu yilning 4 may kuni Dubaydagi "Armani Hotel" mehmonxonasida Osiyo Kubogi-2019 musobaqasi uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Mazkur marosimda barcha ishtirokchi terma jamoalar vakillari ishtirok etadi.

O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa taklifiga ko'ra Osiyo Kubogi – 2019 musobaqasiga qur'a tashlash marosimida ishtirok etish uchun Dubayga yo'l oldi.

Umid Ahmadjonov Dubayda marosimda ishtirok etish bilan birga OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan. Uchrashuv davomida O'zbekistonda futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va yangi loyihalar muhokama qilinadi.

Ma'lumot uchun, Osiyo Kubogida bu safar tarixda birinchi marta 24ta jamoa ishtirok etadi. Qur'a paytida jamoalar 6tadan to'rtta savatchaga bo'linadi. O'zbekiston 2-savatchadan joy olgan.

1-savatcha
BAA
Eron
Avstraliya
Yaponiya
Janubiy Koreya
Saudiya Arabistoni –

2-savatcha

Xitoy
Suriya
O'zbekiston
Iroq
Qatar
Tailand

3-savatcha
Qirg'iziston
Livan
Falastin
Ummon
Hindiston
Vetnam

4-savatcha

KXDR
Filippin
Bahrayn
Iordaniya
Yaman
Turkmaniston


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com