Umar Eshmurodov: "Lokomotiv" ustidan haqli g'alabaga erishdik"

Narzulla Saydullayev
11 apr 2017
Oliy ligamiz 5-turida G'uzorning “Sho'rtan” klubi o'z maydonida amaldagi chempion toshkentning “Lokomativ” jamoasiga qarshi kechgan bahsda 2:0 hisobida irodali g'alabani qo'lga kiritishdi.

E'tiborlisi,”Sho'rtan”ga uch ochko keltirgan  dastlabki gol  muallifi oq bo'rilar yosh  himoyachisi Umar Eshmurodov hisobiga yozildi. Uchrashuvdan so'ng, Umar Eshmurodov fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

"Ketma-ket mag'lubiyatlardan keyin murabbiylar shtabida o'zgarishlar bo'ldi. Bosh murabbiy bo'lib tayinlangan Ixtiyor aka Karimov ushbu bahsga alohida tayyorgarlikni olib bordi va g'alabaga bo'lgan ishonchimizni aytib jamoa murabbiylari bizni ruhlantira oldi. Natijada barcha futbolchilar o'yinni ko'chaytirdik va haqli ravishda g'alabaga erishdik", - deydi Umar Eshmurodov.

Eslatib o'tamiz, Eshmurodovni oliy ligadagi uchinchi golini nishonladi. Uchala gollarini ham Toshkent jamoalariga urdi.

O'tgan mavsumda futbolchi safarda “Obod” va “Bunyodkor” jamoalari darvozasini ishg'ol etgan edi.

Faxriddin Choriev.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia