Ulug'bek Baqoev: "Yaxshi o'ynab turib oxirida yutqazish ham mumkin"

Narzulla Saydullayev
27 may 2018, 00:09
Superliga 13-turidan o'rin olgan Buxoro - Nasaf uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda Buxoro ustozi Ulug'bek Baqoev va jamoa sardori Shavkat Salomovlar ishtirok etib o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

Ulug'bek Baqoev: Bugungi  o'yin qiyin kechdi. O'yinda yaxshi o'ynab turib oxirida yutqazish ham mumkin. Bugun  yigitlar maydonda kuchini ko'rsatdi. Chunki  Qo'qon bilan kechgan bahsdan so'ng jismonan tiklanishga ulgurmagan edik. Ular bugun maydon mas'uliyatini his etdi va jismonan charchashganiga qaramasdan  astoydil harakat qildi.  Buning uchun ularga  va muxlislarga katta  raxmat aytaman va "Nasaf"ning keyingi uchrashuvlarida omad tilab qolaman.

Shavkat Salomov: "Bu futbol shunisi bilan qiziq. Namanganda yaxshi o'ynadik lekin yutqazgan edik. Bugungi uchrashuvda Qo'qon bilan bo'lgan uchrashuvdan keyin toliqqanimiz bilinib turdi.  Lekin bo'sh kelmadik. Xudo xoxlasa yana yuqoriga intilib  yaxshi natijalar bilan muxlislarni hursand qilamiz".

 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати