Ulug'bek Baqoev: "Birinchi davradagi o'yin ssenariysi takrorlandi"

Narzulla Saydullayev
17 sen 2020
Superliganing 15-turidan o'rin olgan AGMK - "So'g'diyona" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.




"O'ylashimcha qiziq o'yin bo'ldi. Ikkala jamoa ham ko'p hujum qildi. G'alaba qozonishimiz ham, yutqazib qo'yishimiz ham mumkin edi. Hisobda oldinga chiqib yakunda gol o'tkazib yubordik. Birinchi davradagi o'zaro o'yinni yodga olsak deyarli shunday ssenariy bo'lgandi. Hisobda oldinga olib chiqib o'yin oxirida gol o'tkazib yuborgandik. AGMK jamoasiga keyingi bahslarda omad. Yigitlarga esa bugungi o'yin uchun rahmat aytaman", - deydi Baqoev.

- Bu yilgi chempionat sizda qanday taassurot qoldirmoqda? "Paxtakor"ni hisobga olmasak Superligada intriga qanday deb o'ylaysiz?

- Medallar uchun 3-4ta klub kurash olib bormoqda. Biz mavsum boshida ko'plab ochkolarni boy berganimiz uchun peshqadamlarga yetib olishga harakat qilamiz. Ko'p tanaffus bo'lmoqda, futbolchilar sport formadan chiqib yana o'zlariga kelishlari qiyin kechmoqda. Lekin umuman olganda menimcha chempionat qiziqarli o'tmoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia