Ulug'bek Bakaev: "Endi bor e'tiborimizni ligadagi o'rnimizni saqlab qolishga qaratamiz"

Administrator
2 avg 2023
O'zbekiston kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan "Nasaf" – "Buxoro" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida qatnashdi


- O'yin haqida

- Guvohi bo'ldingizlar bugun qiziqarli o'yin bo'lib o'tdi. “Nasaf”  amaldagi kubok sohibi va yuqori  maqsadlarga ega bo'lgan jamoa. Qanotlardan yaxshi harakatlanadi va shu tufayli bugun bosh bilan 4-ta gol o'tkazib yubordik. Muxlislarga bugungi o'yin yoqdi deb o'ylayman. Kuchli jamoaga munosib qarshilik ko'rsatgan o'z futbolchilarimga o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman. “Nasaf” jamoasini keyingi bosqich yo'llanmasi bilan tabriklayaman. 

- “Buxoro” jamosining maqsadlari qanday? 

- Jamoamiz kubokda uzoqroqqa borishni maqsad qilgan edi, endi bor e'tiborimizni ligadagi o'rnimizni saqlab qolishga qaratamiz.

- Ikkinchi davra oldidan bir qator yangi futbolchilar jamoaga jalb qilindi, umuman olganda o'zingiz istagan barcha futbolchilarni olib keldingizmi? 

- Yoq. Imkon qadar foydalandik. 70% o'zim istagan yigitlarni olib keldim. Bu borada reglament ham bor edi. Asosan U-20 o'yinchilarini olib kelsin. Yoshlarga o'zini ko'rsatishi uchun imkoniyat beramiz. Nasaf klubidan ham 2 nafar yosh o'yinchilar taklif etildi 

- Turon bilan o'yindagi Buxorodan bugun butunlay boshqa jamoani ko'rdik. O'tgan turdagi o'yindan qanday xulosalar olindi? 

- Buxorodagi o'yinda biz 15-daqiqadan 1 kishi kam bo'lib harakatlandik. Avvalgi uchrashuvda ham oxirgi daqiqalarda to'p o'tkazib yubordik va bugun ham. Jamoamizda koncentraciya etishmayapti, bu borada ham ishlar olib boramiz


AdministratorMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати